"Real" "Benfika" hujumchisi, "yangi Ronaldu" nomi bilan mashhur bo'lgan Joau Felish uchun katta mablag' sarflashga tayyor, deb xabar tarqatdi "Marca".
Manbaning yozishicha, "qirollik klubi" futbolchi uchun 80 million evro mablag' (birdaniga to'lanadigan) hamda bonus shaklida 50 mln evro taklif qilgan, lekin rad javobini olgan. Sababi, "Benfika" Felish uchun kamida 120 mln evroni to'liq to'lashni talab qilmoqda. Qolaversa, Felishning o'zi ham "Real"ga o'tishni xohlayotgani yo'q.
Xabarlarga ko'ra, "Atletiko" Felish uchun 120 mln evro berishga tayyor.