«Real» himoyachisi Serxio Ramos EChL finalida «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguainga qarshi qanday o'ynashini aytdi.
«U ajoyib do'st. «Real» tarkibida birga o'ynagan paytlarimizdan buyon munosabatlarimiz yaxshi. Ammo maydonda unga yon bosmoqchi emasman.
«Atletiko»ga qarshi murakkab o'yin bo'lishini kutgan edik. Vaziyat og'irlashganda esa o'z kuchimizni namoyish etib, maqsadga erishdik» - dedi Ramos.