“Real Madrid” darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishga yaqin, deya yozmoqda AS.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi “Benfika”ga o'tishga yaqin turibdi. Lissabonliklar futbolchining transfer borasida kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U 162ta o'yinda maydonga tushib, 159ta gol o'tkazib yubolrgan.