“Real” klubi yarim himoyachisi Markos Lorente faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda “matraschilar” rasmiy saytida ma'lum qilindi.
24 yoshli futbolchi “Atletiko” bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Ayni damda futbolchi yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Avvalroq ispan OAVda transfer 40 mln evroga baholanayotgani xabar qilingan edi.'