Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining kelajagi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Beyl ijaraga berilmaydi. Garet o'zi buni xohlayapti deb o'ylamayman. U Ispaniyada o'zini yaxshi his etyapti.
U ketishi uchun boshqacha voqea ro'y berishi lozim, ijara varianti esa ko'rib chiqilmaydi”,- deydi Barnett.