Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Neymarni qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga solmoqda.
Marca nashrining ma'lumotiga qaraganda, “qaymoqranglilar” parijliklar Neymar uchun 120 mln evro mablag' va yarim himoyachi Kazemironi qo'shib berishga tayyor.
“Real” shunday yo'l bilan 27 yoshli futbolchini narxini tushurmoqchi.
PSJ uchun ham Kazemiro varianti yoqib tushishi mumkin, chunki ular ayni vaqtda tayanch yarim himoyachisini qidirishmoqda.