"Real" yarimhimoyachisi Dani Sebalos jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan ziddiyatga borib qolgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Avval xabar berilishicha, Zidan futbolchi bilan gaplashib olgan va yangi mavsumda uning xirzmatlariga muhtoj emasligini aytgan. 22 yoshli futbolchining o'zi ham uning qo'l ostida o'ynamasligini bildirgan.
"Bugun men nomini aytishni istamagan bir nechta OAVda tarqalgan xabarlar sabab shuni aytmoqchimanki, men va "Real" murabbiylari shtabidan kim bilandir oramixdagi suhbat ommaga tarqalmasligini istardim.
Menga yuklanayotgan gaplarning hammasini butunlay inkor qilaman.
Bunday yolg'on ma'lumotlarni tarqatish - bu juda ham noprofessionallik va noo'rin. Ayniqsa, Ispaniya termasi bilan muhim halqaro musobaqa - yoshlar o'rtasida Evropa chempionatida kurash olib borayotgan paytimizda", - deb yozadi Sebalos tvitterda.