"Real" 1 iyulga qadar "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba transferini yakunlamoqchi.
"L'Équipe" nashrining yozishicha, "qaymoqranglilar" frantsiyalik futbolchi uchun 120 mln evrodan ko'p to'lamoqchi emas. "MYu" esa Pogbani 150 mln evrodan kamiga sotmasligini aytgan. "Real" Pogbaning narxi borasida bir to'xtamga kelishiga ishonmoqda.
Pogbaning amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha mo'ljallangan.