"Real" yarim himoyachisi Eden Azar yaqin kunlarda qanday raqamda o'ynashi aniq bo'ladi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli belgiyalik futbolchi 7 yoki 11-raqamdan birini tanlaydi. Hozirda bu raqamlar Mariano Dias va Garet Beylga tegishli.
Eslatib o'tamiz, Azar 12 iyun kuni "Santyago Bernabeu"da muxlislarga tanishtirildi.