Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich qamaladimi? U qanday mojaroga o'ralashib qoldi?

Madridning «Real» klubi yulduzi yirik muammoga duch kelmoqda - Luka o'z yurti Xorvatiyada sudlanishi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi yulduzi yirik muammoga duch kelmoqda - Luka o'z yurti Xorvatiyada sudlanishi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Xo'sh, tashqi qiyofasi bilan sermulohaza yigitdek tasavvur uyg'otadigan Modrich qanday chigallikka o'ralashib qoldi? Bombardir.ru saytining quyidagi maqolasi aynan mittigina xorvat atrofidagi voqealar haqida.

Modrichni nimada ayblashmoqda?

Luka Modrich yolg'on guvohlik berishga bog'liq jinoyat yuzasidan shubha ostiga olindi va ayni payt tegishli joylarda tegishli savollarga javob bermoqda. Xullas, «Madrid» futbolchisining ishi tergovga oshirilgan. Oddiy va sodda ifoda etsak, Xorvatiya milliy jamoasi etakchilaridan biri sud muhokamasida Zagrebning «Dinamo» klubi sobiq prezidenti Zdravko Mamich zarariga go'yoki, yolg'on ko'rsatma bergan ekan.

Mamichning o'zi kim?

Gap Xorvatiyadagi juda mashhur shaxslardan biri haqida ketmoqda. Mamich nafaqat futbol olami, balki umumiy miqyosda ham taniqli. Deylik, u yoshligida Bad Blue Boys fanatlar guruhi tarkibida bo'lgan, keyinchalik dongdor murabbiy Miroslav Blajevich bilan tanishish asnosida «Dinamo» klubi tizimidan joy olgan. Mamich  2003 yilga kelib, Zagreb jamoasida asosiy shaxsga aylandi. Uning ortda qolgan muddat ichida klub bosh murabbiyini 15 martadan ko'p iste'foga chiqarganini aytish o'rinli. Mamich shuning barobarida bir necha marta turli sabab-jinoyatlar o'laroq, panjara ortiga ravona bo'lgan. Ya'ni bir qarasangiz, Xorvatiya sport vazirini haqoratlagan, boshqa safar jurnalistlarga tashlangan... Misol uchun, Mimich bir gal «Xayduk»ning sobiq futbolchisi bilan tribunaning o'zida mushtlashgandi. Qolaversa, qonunga zid turli-tuman moliyaviy sxemalari sabab ham, «qora kursi»dan joy olishiga to'g'ri kelgan. Umuman, mamlakatda uni hukumat mablag'i o'g'risi sifatida ham «ta'riflashadi». Chunonchi, gumon qilinishicha, u Yugoslaviya bilan dahshatli urush vaqti 14 million kun (Xorvatiya pul birligi)ni o'zlashtirgan emish. Eng asosiysi, Mamich hozirgi hukumatning oppozitsiyachisidir.

Mamichga bu safar qanday ayblov qo'yilgan?

Sobiq futbol funtsioneri naq 15 million evro (boshqa ma'lumotlarga ko'ra, 20 mln.) miqdoridagi mablag'ni behuda sarflagan emish. U shuningdek, 1,5 million evroga teng soliq to'lovini yashirganlikda ayblanmoqda. Mamichning tarjimai holidan kelib chiqib aytsak, bu kabi jinoyatlar uning uchun yangilik emas.

Modrichning nima daxli bor?

Gap shundaki, Luka bundan bir necha kun oldin sud muhokamasida qatnashdi va Mamichga qarshi ko'rsatma berdi. Futbolchi xususan, sobiq prezidentga 2008 yili amalga oshirilgan o'z transferini eslatdi. Modrich o'shanda «Dinamo»dan «Tottenxem»ga o'tgandi. «O'ylashimcha, «Dinamo» klubi «Tottenxem»ga o'tishim ortidan 21 yoki 23 million evro olgan,-dedi futbolchi. - Shuncha mablag'ning ma'lum qismi «Dinamo» bilan tuzgan shartnomam bo'yicha menga berilishi kerak. Mamich shu summani ikkiga bo'lishni so'ragach, bunga ko'ndim. Xullas, bankdan pulni olib, ularni Mamichning ukasi va o'g'liga berdim».

Modrichning ko'rsatmasiga munosabat

Xorvatiya futbolida Mamich atrofida juda og'ir vaziyat yuzaga kelgan. Hattoki, Zagreb «Dinamo»si fanatlari ham unga qarshi chiqishmoqda. Zero, ular Mamichning balandparvoz gaplaridan shunchaki, bezishgan. Deylik, butun Xorvatiya futbolini yuqoriga ko'targani xususidagi gaplaridan. Qolaversa, u  Xorvatiya chempionatidagi asosiy qoidalarni belgilashga o'rgangan, albatta, bunda aynan «Dinamo» manfaatlari birinchi o'rinda turadi. Klubning naq 11 marta ketma-ket ravishda chempion bo'lgani bejiz emas. Umuman, «Dinamo»ning bu seriyasi joriy yil «Rieka» tomonidan to'xtatildi. Aytish o'rinli, zagrebliklar Mamichdan qanchalik norozi bo'lishsada, Modrichning ko'rsatmasidan juda-juda g'azablanishdi. Xususan, unga «Mamich bankomati» yorlig'i yopishtirildi. Fanatlar bu iborani shunchaki emas, balki g'azabnok holda ifoda etishyapti. Shuningdek, ayrimlar futbolchini qo'pol tarzda haqoratlashdan ham tiyilmayaptilar: «Mamich ermagi», «Mamich o'yinchog'i». Bularning hammasi mavjud vaziyat va futbolchiga nisbatan munosabat dahshatli ko'rinishini ta'minlamoqda.

Qamoq jazosi xavfi kattami?

Ha, agarda ayblov tasdiqlanib, Modrichning yolg'on ko'rsatma bergani isbotlansa. Ta'kidlanishicha, bu borada hech qanday kelishuv bo'lgan emas. Umuman, Modrichning yolg'on gapirgani o'z tasdig'ini topsa, u Xorvatiya qonunchiligiga asosan panjara ortiga yo'l olishi shart. Bunday qonunbuzarlikka nisbatan belgilangan muddat - 6 oydan 5 yilgacha.

Oldin ham shunaqasi kuzatilganmi?

Bundan 3 yilcha oldin «Shaxtyor» va «Arsenal» klublari sobiq hujumchisi Eduardu da Silva (u avvalgi o'n yillikning boshida Zagreb «Dinamo»si sharafini himoya qilgandi) Mimich bilan sudlashib ko'rdi. O'shanda ham bugungiga o'xshash holat yuzaga kelgandi. Ya'ni asli braziliyalik va keyinchalik Xorvatiya fuqaroligini qabul qilgan futbolchi klub bilan tuzilgan shartnomasiga muvofiq, 20 foiz daromadini shaxsan Mamichga ajratishidan noligandi. «Shartnomaga imzo chekayotgan payt uning barcha nozik tomonlarini bilgan emasman,-deya tan olgandi futbolchi. - Keyinchalik uning ichiga kirib borib, 20 foizli ulush mohiyatini sira tushunmadim. Umuman, bu masalani ziqnaligim tufayli emas, balki adolat tantanasini xohlashim tufayli ko'tardim». O'shanda Eduarduning yolg'on gapirayotgani aytilgan bo'lsada, u sudda g'olib chiqqandi. Yakunda futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma haqqoniy emasligi tasdiqlangan. Shuning barobarida FIFA o'yinchiga yordam bermagandi. Ya'ni faqat Xorvatiya sudi Eduardu foydasiga qaror chiqargandi, xolos. Modrichga ham sudda g'alaba qozonish nasib etarmikan? Axir aks holda...

BestMaster
1 Iyul 2017, 11:30
modrich, qamaladimi?, qanday, mojaroga, oralashib, qoldi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads