"Manchester Yunayted" Pol Pogba bilan xayrlashishni istamayapti, shu bois futbolchining narxini oshirishda davom etmoqda.
"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, ayni damda "qizil iblislar" frantsiyalik futbolchini 170 mln evroga narxlashgan. "Real" esa Pogba uchun hatto 150 mln evro ham bermoqchi emas. Chunki katta summa sarflash "qirollik klubi"ni moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammoga duchor qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Pogba hozirda Zidanning asosiy maqsadi hisoblanadi.