"Real" yarimhimoyachisi Martin Edegor faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Norvegiyalik futbolchiga "Bayer" qiziqmoqda, deya xabar beradi Cadena Ser. Nemis klubi madridliklarga taklif yuborgan.
20 yoshli futbolchi mavusm-2018/19ni gollandiyaning "Vitess" klubida o'tkazdi. Gollandiya chempionatining 35 o'yinida 9 ta gol urib, 12ta assist bajardi.
Eslatib o'tamiz, Edegor 16 yoshida "Real" o'yinchisiga aylangan. Martin mavsum-2014/15ning oxirgi o'yinida Krishtianu Ronaldu o'rniga maydonga tushib debyut qilgan. O'shanda futbolchi 16 yoshu 156 kunlik di.