"Real"ning yangi o'yinchisi Luka Yovich bolaligida avval madridliklar safida o'ynagan, hozirda "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga havas qilganini aytdi.
"Bolaligimdagi kumirim Ronaldu edi. Hozir "Real" o'yinchilarini tanlay olmayman, chunki ndi ular jamoadoshlarim. "Real" eng yaxshi mavsumini o'tkazmadi, umid qilamanki, kelasi mavsum yaxshiroq bo'ladi.
"Real" o'yinchilari bilan muloqot qilishga ulgurmadim. Luka Modrich bilan suhbatlashishni juda istardim va umid qilamanki, yaqin vaqt ichida u bilan gaplashamiz", - deydi Yovich.