Serxio Ramos va uning qiz o'rtog'i Pilar Rubio 15 iyun kuni to'y o'tkazadigan bo'ldilar.
To'y marosimi Sevilya kafedral ibodatxonasida bo'lib o'tadi.
33 yoshli futbolchi to'yiga "Real" prezidenti Florentino Peres, bosh murabbiy Zinedin Zidan, jamoadoshlari Lukas Vaskes, Keylor Navas va Luka Modrichlarni taklif qildi.
Shuningdek, Ispaniya termasidagi sheriklari: Jordi Alba, Serji Buskets va Jerar Pike kabi futbolchilar va ularning turmush o'rtoqlari taklif qilingan.
Terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske ham marosimga keladi, hozirgi bosh murabbiy Luis Enrike shaxsiy sabablar tufayli kela olmaydi.
Ramos va Rubio 2012 yildan buyon munosabatda bo'lib kelmoqdalar. Juftlik uchta o'g'ilni voyaga etkazishmoqda.