Payshanba kuni, 13 iyunda "Real" Azarni tanishtirish marosimini o'tkazadi. Bu haqda "Marca" yozmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu tanishtiruvga "Santyago Bernabeu"ga 70 000 dan ziyod muxlis kelishi kutilmoqda. 2009 yilda Ronalduni tanishtirish marosimiga aynan shuncha odam tashrif buyurgan.
Xabarlarga qaraganda, "Real" rahbariyati Azarni tanishtirish marosimini keng ko'lamdagi tadbirga aylantirmoqchi. Buning uchun stadionda mehmonlarga kutilmagan syurprizlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.