Madridning “Real” klubi galaktikosmi? Shu tushuncha atrofida gaplashamiz.
Transferalar oynasini miriqib kuzatadiganlar ko'p bo'lsa kerak, ammo men yomon ko'raman. Biror futbol o'yini oldidan sizda taxminan shunday tasavvur bo'ladi: yo g'alaba yo durang yoki mag'lubiyat. Transfer oynasida unday emas, yoki o'tadi, yoki qoladi.
Yoki boshqa klubga ravona bo'ladi, bo'lmasa o'sha aytilayotgan klub katta summaga (keyinroq) baribir o'tadi-da. O'yin oldidan taxmin 90 daqiqa chillaqursa 120 daqiqa davom etadi. Transferalar oynasida unday emas vaqt chegaralanmagan.
Eng katta farqi shunda oyna ochildi va Peres “gaz”ni bosdi va hozirgacha bosyapti ham. Balki o'sha oyna yopilgunicha sotib olish bilan band bo'lsa kerak.
O'zi aslida Shart!
Ispaniyaning AS (bu qisqartma o'zimizni tilga tarjimasi haqida aniq ma'lumot yo'q) nashri: ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Real-Galaktikos” deya post qoldiribdi.
O'sha “Galaktikos” qanday bo'ladi?
Hozirgi tarkib XXI asr boshlanishiga qanchalik o'xshash ekanligini bilmadim-u, ammo bu tarkib o'sha 2000 yilgi jamoaga o'xshab qolmasligiga bir fakt bor. U ham bo'lsa Zidan – ancha-muncha narsa aynan unga bog'liq.
“Real”ga kelganlar haqida gap ketganda: Azar, Militao, Luka Yovich, brazilyalik yosh yigitcha... Shular bilan birga “Lion”dan Mendi, Pogba, Eriksen, Keyn, Kante yoki Dibala bo'lsa dahshatli tarkib o'z-o'zidan vujudga keladi.
Kelganga yarasha shunga monand ravishda ketuvchilar ham bor. Zidan falsafasiga tushmaydigan futbolchilar: Sebalos, Xames va Beyl hurmatini bilsa hozir ketgani ma'qul.
Maqbulligi shunda-ki “Inter” yoki boshqa klubga o'tib, o'zini etakchiligini ko'rsata olsa, “Real”chilar va tanqidchilarga engil tarsaki urgan bo'lardi. Hammasi futbolchilarning o'z qo'lida. Ketuvchilar soni ko'p bo'lmasligi mumkin.
P.S. “Real” galaktikoslikka doim etalon bo'lgan, internetda XX asrdagi tarkibiga bir qarash kifoya o'sha davrni eng zo'rlari jamoada bo'lgan. Bu etalon bo'lmay nima?