«Betis» yarim himoyachisi Daniel Sebalos o'zining kelajagi borasidagi qarorni ta'tildan keyin chiqarishini ta'kidladi. Ispaniya yoshlar terma jamoasining futbolchisiga «Real» va «Barselona» klublari da'vogarlik qilishmoqda. Ispaniyalik futbolchilar yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati finalida Germaniyaga imkoniyatni boy berishdi (0:1).
«Hozirda kayfiyatim yaxshi emas, kelajagim borasida o'ylamayapman. Futboldan chalg'ishni va o'z oilam bag'rida ta'tilni o'tkazishni istayman. Ikki haftadan keyin esa takliflar va kelajagim borasida o'ylay boshlayman. Bir-ikki haftani xotirjam o'tkazishni istayman», — dedi Sebalos.