Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos Evro-2020 saralashida Shvetsiyaga qarshi o'yinda (3:0) gol urdi.
Ramos 65-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Bu uning terma jamoa safidagi 165-o'yindagi 20-goli bo'ldi, ulardan 6 tasi penaltidan. "Real" himoyachisi bu borada Telmo Sarraga etib oldi va terma jamoa to'purarlari ro'yxatida 11-o'rinni bo'lishib turibdi.
Himoyachilar orasida Ramosdan ko'proq Fernando Yerro gol urgan (29ta gol). Yerro - terma jamoa tarixida beshinchi to'purar.
Ramos terma jamoaning oxirgi 8 o'yinida 7 ta gol urdi.