"Real" prezidenti Florentino Peres va murabbiy Zinedin Zidan o'rtasida mojaro chiqdi.
"AS" nashriga ko'ra, Zidan Brahim Diasni jamoada saqlab qolib, Vinisius Juniorni ijaraga berish tarafdori. Peres esa Vinisiusning jamoadan ketishini istamayapti. Chunki braziliyalik yosh iqtidor FIFA 20 muqovasidan joy olishi mumkin va Peres bu "Real" marketingida muvaffaqiyat keltirishiga ishonmoqda.