«Lion» himoyachisi Ferlan Mendi «Real Madrid»ga o'tishga yaqin turibdi. Shu bois, "Qirollik klubi" etakchilaridan biri Marseloning jamoadagi kelajagi so'roq ostida qoladi.
Braziliyalik himoyachi katta ehtimol bilan zaxira futbolchisiga aylanadi. "Real" rahbariyati esa Marseloga tanlov imkonini bermoqchi. U istasa — klubda qolib, asosiy tarkib uchun kurash olib boradi, xohlasa — ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Bundan tashqari, «Madrid»da yana bir chap qanot himoyachisi Serxio Regilon ham bor. 22 yoshli futbolchi klubda qolishni istamoqda, ammo Marselo jamoada qoladigan bo'lsa, uning taqdiri ham noma'lum bo'lib turadi.
Marselo «Yuventus»ga o'tishi ham mumkin. Turinliklar yozgi transfer paytida chap qanotga himoyachi qidirishmoqda. Boz ustiga, braziliyalik futbol Ronaldu bilan juda yaxshi munosabatlarga ega.