"Atletiko Madrid" prezidenti Enrike Serezo Onda Cero nashriga intervyu berib o'tdi.
"Bilmadim "Real" Teo bilan shartnoma imzolaydimi yoki yo'q. Kuzatamiz oldinda nimalar yuz berarkan. Diego Kosta va Vitoloni sotib olishimiz esa murakkab. Biz ular bilan shartnoma imzolamaymiz." - deydi "hindular" prezidenti.
Eslatib o'tamiz, "Real" Teo bilan may oyida shaxsiy kelishuvga erishgan edi. Ammo oradan ko'p vaqt o'tgan bo'lsada haligacha transfer rasman amalga oshgani yo'q.