«Real» darvozaboni Keylor Navasga 4ta jamoa qiziqish bildirmoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kosta-rikalik posbon uchun «Manchester Yunayted», «PSJ», «Benfika» va «Portu» klublari kurash olib borishmoqda.
32 yoshli darvozabon 2015 yildayoq «MYu» safiga o'tishi mumkin edi. O'shanda madridliklar David De Xeani qo'lga kiritib, ushbu transfer doirasida Navasni mankunianliklar safiga o'tishi kerak edi. Ammo transfer muddatining so'nggi kunida faks bilan bog'liq muammo tufayli transfer barbod bo'lgandi.
Navas 2014 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Besh mavsum davomida u 162ta o'yinda maydonga tushib, 159ta gol o'tkazib yubordi. Uning shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt uning narxini 12 million evroga baholagan.