«Barselona» hujumchisi Lionel Messining aytishicha, uning ikkinchi o'g'li Mateo «Real»ga muxlislik qiladi. Sentyabr oyida u 4 yoshga to'ladi.
«Tiago (Messining 6 yoshli katta farzandi) otasi ishtirokidagi o'yinlarni o'tkazib yubormaydi. Mateo ham futbolni yaxshi ko'radi, u ko'p klublar futbolkasini kiyib yuradi.
Uyda birgalikda futbol o'ynaganimizda, u menga aytdiki: «Men «Liverpul» tomondaman. Ular sizni yutishdi» (Chempionlar ligasi yarim finalida). U shunga o'xshash ishni «Valensiya»ga qarshi o'yindan keyin ham qildi: «Valensiya» sizni mag'lub etdi, men «Valensiya» tomondaman».
Televizor ko'rib o'tirganimizda, u akasini jahlini chiqarish uchun «Real»ning gollariga xursand bo'ladi. U «Real» muxlisi», – dedi Messi.