«Real» klubi EChL yarimfinalida ikki o'yin natijasiga ko'ra «Atletiko» (3:0, 1:2) to'sig'idan o'tdi.
Natijada, «Qirollik klubi» qatorasiga 2-marta hal qiluvchi bahsda ishtirok etadigan bo'ldi. O'tgan mavsum finalida «Real» aynan «Atletiko»ni (1:1, pen. 5:3) mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.
Qizig'i shundaki, Chempionlar ligasi tashkil qilingan 1992 yildan buyon hech bir klub qatorasiga ikki marta turnirda g'olib chiqolmagan.
Amaldagi chempion 4 marta finalga chiqib, barchasida yutqazgan - «Milan» (1995), «Ayaks» (1996), «Yuventus» (1997) va «Manchester Yunayted» (2009).
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi finali 3 iyun kuni Kardiff shahrida o'tkaziladi. Unda «Real» «Yuventus» bilan bahslashadi.