"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Myunxendagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Bavariya" 2017 yilning yozida "Real"dan kolumbiyalik futbolchini ikki yilga ijaraga olgandi. Kelishuvga ko'ra, myunxenliklar keyinchalik Xamesning transfer huquqini sotib olishlari mumkin edi. Ammo 27 yoshli futbolchining o'zi Myunxenda qolishni istamadi. Endi Rodriges Madridga qaytadi. Uning "Qirollik klubi"dagi kelajagiga keyinchalik oydinlik kiritiladi.
Xames Rodriges "Bavariya" safida jami 67ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 20ta golga uzatma berdi.