“Real Madrid” vingeri Garet Beyl faoliyatini “A” Seriyada davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda Football Italia.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga “Inter” klubi qiziqib qolgan.
Futbolchining transferini “neradzurri”larning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, “Real” ham futbolchidan qutilmoqchi. Futbolchining transferi taxminan 70 million evroga baholanmoqda.