«Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksen tan olib aytishicha, klubni tark etib, o'zini kuchliroq jamoa safida sinab ko'rmoqchi.
«Barchasi uchun «Tottenxem»ga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, o'zimni yangi jamoada sinab ko'rish niyatim borligini ma'lum qildim.
Umid qilaman, mazkur yozda bu niyatim amalga oshadi. Hozircha rejam shunday. Futbolda nima yuz berishini oldindan aytish qiyin. Barchasi kutilmaganda ro'y berishi ham mumkin. Barcha transfer tez amalga oshishini istaydi. Ammo futbolda vaqt kerak.
Bu Daniel Levi («Tottenxem» vakili)ga bog'liq. Shuningdek, boshqa jamoadan taklif tushishi lozim. Yoki men muzokara stoliga o'tirib, yangi shartnomani muhokama qilishim lozim. Bular qachon amalga oshishini bilmayman.
"Tottenxem"da barcha narsa meni qanoatlantirmoqda, deb ayta olmayman. Agar ketishimga to'g'ri kelsa, umid qilaman, bu oldinga tashlangan qadam bo'ladi.
«Real»? Bu oldinga tashlangan qadam. Lekin madridliklar «Tottenxem»ga qo'ng'iroq qilib, "biz Kristianni sotib olmoqchimiz", — deb aytishlari kerak. Menga ma'lum bo'lishicha, "Real" hali bu ishni qilmadi.
Bu oson amalga oshadigan ish emas. Agar yaxshi taklif chiqmasa, «Tottenxem»da qolishim ham mumkin. Bunday holatda yangi shartnoma imzolaymanmi? Klub taklif qiladigan shartlarga bog'liq», – dedi Eriksen.
Eriksenning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuzilgan.