«Lion» klubi himoyachi Ferlan Mendining kelajagi borasida rasmiy bayonot berdi. Frantsiyaliklar o'z futbolchisining transferi borasida «Real» bilan kelishuvga erishganini inkor qildi.
Avvalroq Mendi «Real»da tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida ma'lumotlar tarqatilgandi. Shuningdek, «Qirollik klubi» futbolchi uchun «Lion»ga 50 million evro to'lashi va Mendi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolashi haqida ma'lumot berilgan edi.