"Real" prezidenti Florentino Peres "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytmoqchi, deb xabar tarqatdi "AS".
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi bilan bog'liq noxush voqealar Peresni ikkilantirib qo'ygan. Prezident Neymarning bu xarakteri "Real"dagi ichki muhitga ta'sir qilishidan cho'chiyapti.
Ma'lumot uchun, Neymar ayni damda nomusga tajovuz qilishga ayblanmoqda.