"Betis" klubi prezidenti Anxel Aro Cadena COPE nashriga o'z futbolchisi Dani Sebalyos haqida intervyu berib o'tdi.
"Biz Sebalyosni "Betis"da saqlab qolishni xohlaymiz. Xa, unga grandlardan taklif tushmoqda, lekin hech bir klub bilan muzokara o'tkazmadik. "Real" futbolchi haqida biz bilan a'loqaga chiqmadi. Agarda madridliklar Sebalyosni qo'lga kiritmoqchi bo'lsa marhamat qilib 15 mln yevroni to'lab qo'ysin. Uning qo'yib yuborish narxi shunday." - deydi prezident.
Ma'lumot uchun, Sebalyos La Ligada ushbu mavsumda 30 ta o'yinda 2 ta gol va 2 ta golga assistentlik qilgan.
R