"Benfika" hujumchisi Joau Felish uchun to'rt klub 120 mln evro berishga tayyor, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, 19 yoshli futbolchini qo'shib olishga "Real" harakat qilib ko'rgan. Madridliklar uning uchun 80 mln evro taklif qildilar, ammo bu lissabonliklarni qoniqtirmadi. Chunki avvalroq nomi oshkor etilmagan to'rt klub bu futbolchi uchun 120 mln evro taklif qilganlar.
Felish yakuniga etgan o'yinda 43 ta o'yin o'tkazdi va 20 ta gol urib, 11 ta golga to'p oshirdi. Uning "Benfika" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.
"Benfika" avvlroq uni 120 mln evro to'laydigan klubga qo'yib yuborishini aytgan edi.