“Arsenal”, “Real”, “Sevilya” klublari va Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Xose Antonio Reyes vafot etdi.
“Sevilya” rasmiy tvitterida ma'lum qilinishicha, 35 yoshli futbolchi avtohalokat oqibatida hayotdan ko'z yumgan.
Futbolchi shuningdek, “Atletiko”, “Benfika”, “Espanol”, “Sintszyan Tyanshan” va boshqa bir qator jamoalarda faoliyat yuritgan. Shuningdek Reyes Ispaniya termasi 21 o'yin o'tkazib, 4tagol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Ushbu mavsum Segunda ishtirokchisi “Estremadura”da o'ynayotgan edi.