«Real» sardori Serxio Ramos jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bilan suhbatlashganidan keyin klubda qolishga qaror qildi.
ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi «Santyago Berabeu»ni tark etishga qat'iy qaror qilgandi. Unga Xitoydan yaxshi takliflar bor edi.
Bundan tashqari, Zidan «Real» prezidenti Florentino Peres bilan ham gaplashib, Ramosni jamoada olib qolish kerakligini ta'kidlagan. Serxioning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.