«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar hozirda Ispaniyaning Marbele shahrida o'z oilasi bilan birgalikda ta'tilni o'tkazmoqda.
Dam olish paytida 28 yoshli futbolchi "Real" futbolkasini ushlagan holatda tushgan surati internetda tarqaldi. Uning yonida esa «Barselona» muxlisi bo'lgan ofitsiant turibdi. U futbolchiga "Real"ga emas, "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishini aytib hazillashdi. Azar esa bu fikrga "yo'q" deya javob qaytardi.
Avvalroq «Real» Eden Azar uchun «Chelsi»ga 120 million evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. OAV tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar 3 iyun kuni belgiyalik futbolchining taqdimot marosimini o'tkazadi.