"Real" himoyachisi Serxio Ramos klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan muammoni bartaraf etdi va jamoada qolishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchi klub prezidenti Florentino Peres bilan suhbatlashganidan keyin Xitoyga yo'l olish fikridan voz kechdi.
Serxio Ramos yozgi transfer paytida "Real"ni tark etishni jiddiy istagandi. Shu sabab u klub rahbariyatiga murojaat qilib, Xitoyga erkin agent sifatida yo'l olishni xohlagandi. Ammo jamoa uni bepul qo'yib yuborishni istamadi. Uning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.
Ispaniyalik futbolchi yakunlangan mavsumda "qaymoqranglilar" safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.