"Real" bir qator o'yinchilarini 300 million evrodan ko'prog'iga sotmoqchi va tushgan pulni yangi futbolchilarni sotib olishga sarflamoqchi, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, madridliklar birinchi o'rinda Garet Beyl bilan xayrlashmoqchilar. Hames Rodrigesning sotuvidan 60 mln, Mateo Kovachichning sotuvidan 50 mln evro tushirmoqchilar.
Dani Sebalos va Markos Lorentening transferlari 40 mln evro, Mariano - 20 mln, Borxa Myoral - 12 mln evroga baholanmoqda. Shuningdek, Keylor Navas 10 mln evro evaziga "Portu"ga sotilishi ko'zlanmoqda.
"Real" yozgi transfer xarajatlari uchun 312 mln evroni shu tariqa to'ldirmoqchi.