"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar londonliklar safini tark etishi mumkinligini tasdiqladi.
- Yaqin soatlar ichida "Chelsi"ni rasman tark etasizmi?
- To'g'rirog'i, yaqin kunlarda. Buning ustiga bu menga bog'liq emas. Klublar kelishib olishlari kerak", - deydi Azar.
Avvalroq, belgiyalik futbolchining transferi borasida "Real" muzokara olib borayotgani xabar qilingan edi.