“Chelsi” klubi hujumchisi Eden Azar Evropa Ligasi finalidan so'ng londonliklar jamoasini tark etishini tasdiqladi.
“Ha, o'ylashimcha, bu xayrlashish. Ammo futbolda hech narsani bilib bo'lmaydi.
Men har doim APLda to'p surishni orzu qilganman, men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida etti yil o'ynadim.
Endi, yangi chaqiruvlarning vaqti kelgandir. Avval aytganimdek, qarorim haqida klubni bir necha hafta avval ogohlantirganman. Endi gap ikki klubning kelishuvida qoldi”, – deydi Azar.
Eslatib o'tamiz, avvalroq belgiyalik futbolchi "Real"ga yo'l olishi xabar qilingandi.