“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Madrid klubida olib borgan faoliyati haqida gapirib berdi.
“Men “Real”ni chempionlar ligasidagi g'alabadan so'ng boshqarishni boshladim. Biroq klub primerada tarkibida Krishtianu Ronaldu bo'lishiga qaramay “Barselona”" va “Atletiko”ga ustunlikni boy bergan edi. Mening vazifam jamoaviy o'yinni kuchaytirish edi.
Biz etakchi jamoadan etti ochko ortda borayotgan edik, keyin “Real” uch hafta ichida omadsiz tufayli gol urolmadi.
12 oy ichida biz bir jamoa bo'lishimizga ishongan edim, ammo voqealar rivoji men o'ylagandek bo'lmadi”, - deydi Lopetegi.