"Real Madrid" jamoa sardori Serxio Ramosni sotishga tayyor.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchi borasidagi takliflarni ko'rib chiqadi. Agar jamoa o'ziga qulay taklifni olsa, Ramosni sotib yuboradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda Ramos va klub prezidenti Florentino Peres o'rtasida jiddiy nizo kelib chiqqan. Ramosning o'zi "Real"ni tekinga tark etmoqchi.