Hozirgina "Real" Ramosni sotishga tayyor ekanligi haqida xabar bergandik.
Ammo "AS" nashri biroz boshqacharoq ma'lumot berdi. Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" Ramosni 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Nashrga ko'ra, bu "Real" ko'p yillik sardorini jamoada olib qolish niyatida ekanligini anglatadi.
Ramosga "Yuventus", "Manchester Yunayted", PSJ va Xitoy klublari qiziqyapti.