"Real" klubi Frantsiya terma jamoasi va "MYu" futbolchisi Pol Pogbani sotib olishga qarshi emas.
"Madridliklar Pogba uchun "MYu"ga 150 mln evro to'lashga tayyor, ammo futbolchining "Real"dagi maoshi Manchesterdagidan 3 mlnga kam bo'ladi", — deb yozadi "The Sun".
Manbaga ko'ra, Pogba allaqachon "Manchester Yunayted" rahbariyatiga "qaymoqranglilar" safiga o'tmoqchi ekanligini aytgan.