Turinning “Yuventus” klubi “Real” yarim himoyachisi Iskoni sotib olishga tayyor. Bu haqida Mundo Deportivo xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “keksa sinoralar” 27 yoshli futbolchi uchun 60 million evro to'lashga tayyor.
Italiya klubi yaqin vaqt ichida futbolchining o'zi bilan bog'lanadi va jamoasini o'zgartirmoqchi ekanligi to'g'risida gaplashadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Isko “Real” safida 37ta o'yinda 6ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qilgan. Uning “blankoslar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.