«Real» hujumchisi Alvaro Morata «Manchester Yunayted»ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqida express.co.uk sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi o'zining do'stlariga yaqin orada "qizil iblislar" a'zosiga aylanishini aytgan. Avvalroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bayonot berib, hujumchining transferi borasida «MYu» bilan muzokara olib bormaganini ta'kidlagandi.
Yakunlangan mavsumda Morata 26ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 15ta gol va 4ta golli uzatma yozdi.