"Real" sardori va himoyachisi Serxio Ramos klub rahbariyatidan o'zini Xitoy klublaridan biriga bepul qo'yib yuborishlarini so'radi.
Bu haqida madridliklar prezidenti Florentino Peres ma'lum qildi.
"Ramos va uning agenti ofisimga kirishib, ularga Xitoydan juda yaxshi taklif borligini, ammo u erdagi qoidalarga ko'ra, mahalliy klub transferni to'lay olmasligini aytishdi. Ularga nima derdim? Dedimki, vaziyatni o'ylab ko'ramiz, ammo sardorimizning tekinga ketishiga yo'l qo'ymaymiz, chunki boshqa futbolchilarga yomon ta'sir qilishi mumkin", - dedi Peres.