"Real" prezidenti Florentino Peres jamoaning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tgani xususida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- U o'ziga yangi chorlovlar kerakligini aniq bildirdi, deb o'ylayman. U chempionlar ligasi g'olibligi qo'lga kiritilganidan so'ng ketishini e'lon qildi, ammo bu haqida o'z vaqtida o'ylab qo'ygan ko'rinadi.
"Real"dagi to'qqiz yil davomida u bilan hech qanday muammo bo'lmagan, u hech qachon kechikmagan va shunga o'xshasha harakatlar qilmagan. U men "Real"ga olib kelgan o'yinchilar orasida eng yaxshisi, deb o'ylayman.
U bilan munosabatlarimiz doim iliq bo'lgan. Hech qanday muammo bo'lmagan, hatto pul tufayli ham. Uning soliq qarzlarini hech qachon muhokama qilmaganmiz.
- "Yuventus"ga ketganidan so'ng u bilan gaplashdingizmi?
- Bu shaxsiy ish. Buni aytmayman", - dedi Peres.