Himoyachi Serxio Ramos yozda "Real"ni tark etishga qat'iy maqsad qilgan.
Futbolchining klub prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari tugal buzilib bo'lgan. Ular mutlaqo o'zaro muloqot qilmayaptilar COPE radiosi.
Ramos chempionlar ligasida "Ayaks"dan uchralgan mag'lubiyatda Peres uni ayblayotganidan norozi.
Shuningdek, 33 yoshli futbolchi klub uning shuncha yillik xizmatlari uchun minnatdorchilik sifatida uni oson qo'yib yuborishiga umid qilmoqda.
Ramosga Evropa klublari va Xitoy klubidan takliflar borligi aytilmoqda. Ammo madridliklar uni tekin qo'yib yubormoqchi emaslar va bundan pul ishlab olmoqchilar.
Peres va Ramos o'rtasida ziddiyat EChLda "Ayaks"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng boshlangan. Prezident o'yindan so'ng kiyinish xonasiga kirib, futbolchilarni so'kkan. Klubdan haydash po'pisasiga Ramos shunday javob bergan: "Men bilan hisob-kitob qil, men ketaman".