"Real Madrid” sardori Serxio Ramos faoliyatini Xitoyda davom ettirmoqchi. Bu haqida AS xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi jamoa prezidenti Florentino Peres bilan uchrashgan. Futbolchi prezidentdan yaxshigina maosh taklif qilgan Xitoy klubiga o'tish uchun shartnomasini bekor qilishni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon to'p surib keladi. Joriy mavsum u 28ta o'yinda ishttrok etdi va 6ta gol urishga erishdi.