"PSJ" hujumchisi Neymar yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin, deb yozadi "AS".
Manbaning yozishicha, braziliyalik hujumchi "Real"ga o'tishga tayyor. Ammo buning uchun "qirollik klubi" futbolchiga haftasiga 1,3 mln evro maosh to'lashi kerak bo'ladi. Manbaga ko'ra, Neymar talab qilayotgan bu maoshni to'lash imkonsiz.
Lekin "Real" Neymarning nafsini qondirish uchun Garet Beylni sotishni rejalashtirayotgani haqida ham xabarlar bor.
Ma'lumot uchun, braziliyalik hujumchi ayni damda haftasiga 700 ming evro maosh olad.