«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etmoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu qirollik klubi vakillari bilan bo'lgan uchrashuvda bu mish-mishlarni tasdiqlamagan va klubni tark etishi haqidagi xabarlarni inkor qilgan. Biroq u Ispaniya prokuraturasi tomonidan soliqlarni to'lamaslik bo'yicha e'lon qilingan ayblovlarning asossiz ekanini aytib, bu voqeadan juda qayg'uda ekanini bildirgan. Endi u kelasi haftada klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qilib oladi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi uni 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lamaganlikda ayblamoqda. Bu boradagi sud mahkamasi 31 iyul kuni o'tkaziladi. «Real» unga barcha jarimalarni to'lab, vaziyatdan chiqib ketishni tavsiya qilgan.